Giyohvandlik va psixotrop moddalarni internetda namoyish etganlik uchun javobgarlik belgilandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-10-2024, 22:45
Kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni internetda tarqatish, reklama qilish, namoyish etish uchun javobgarlik belgilandi. Bu haqda 5 oktyabr kuni prezident imzolagan [O‘RQ-971-sonli] qonunga ko‘ra, ayrim kodekslarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deya Telegram`dagi Huquqiy axborot kanali xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, Jinoyat, Jinoyat-prosessual kodekslariga hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni telekommunikasiya tarmoqlaridan va Internetdan foydalanish orqali qonunga xilof ravishda muomalaga kiritganlik, ushbu jinoyatlarni voyaga yetmaganlarni jalb qilgan holda sodir etganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda.

Shuningdek giyohvandlik vositalar yoki psixotrop moddalarni, kuchli ta’sir qiluvchi va zaharli moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda olganlik, saqlaganlik, tashiganlik yoki jo‘natganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.

Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, giyohvandlik va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki jo‘natish, o‘sha harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, quyidagi jazo choralaridan biri qo‘llanishi belgilandi:

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati