Samarqandda 55ta qurilmadan iborat noqonuniy mayning ferma aniqlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-10-2024, 22:05
Samarqand viloyatida 5,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning ferma fosh etildi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar berdi.

Unga ko‘ra, holat “O‘zenergoinspeksiya” Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi va Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. Toyloq tumani, "Chorog‘bon" MFYdagi istiqomat qiluvchi fuqaro E.S. tijorat maqsadida 55 ta to‘plamdagi mayning qurilmasini elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, noqonuniy foydalanib kelgan.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 5 milliard 528 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati