“Borussiya” yana mag‘lub bo‘ldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-10-2024, 21:58
Bundesliganing 6-turida Dortmundning “Borussiya” klubi safarda “Union”ga imkoniyatni boy berdi (1:2).

26-daqiqada mezbonlar himoyachisi Kevin Fogt penaltidan hisobni ochdi. 45-daqiqada hujumchi Yorb Vertessen ikkinchi golni urdi. Yulian Ruerson 62-daqiqada hisobdagi farqni qisqartirdi.

Nuri Shahin shogirdlari chempionatda o‘tkazgan so‘nggi 3 uchrashuvining ikkitasida mag‘lub bo‘ldi.

Union Berlin – Borussiya D 2:1 (2:0, 0:1)

Gollar: 1:0 – 26, penalti Fogt, 2:0 – 45 Vertessen, 2:1 – 62 Ryuerson.

Union Berlin – Rennov, Diogu Leyte, Fogt (Kverfeld, 60), Duki, Rote, Trimmel, Xedira, Kemlyayn (Skarke, 67), Chjon Vu Yen (Syebatsho, 67), Vertessen (Shefer, 67), Xollerbax (Xaberer, 77).
Borussiya D – Kobel, Ryuerson (Bensebayni, 86), Shlotterbek, Anton, Yan Kouto, Gross (Nmecha, 63), Djan (Zabitser, 76), Gittens (Malen, 63), Brandt, Bayer, Girassi.
Ogohlantirishlar: Fogt (15), Shlotterbek (17), Chjon Vu Yen (41), Zabitser (83), Rote (84), Trimmel (89), Anton (90+4), Bensebayni (90+6).

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati