• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Qatarda O‘zbekiston madaniy merosi, hunarmandchiligi va sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Qatarda O‘zbekiston madaniy merosi, hunarmandchiligi va sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 15:06
Qatar poytaxtidagi Mushayrib siti M7 san’at markazida O‘zbekiston madaniy merosi, hunarmandchiligi va sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O‘zbekiston elchixonasi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Qatar vazirlik va idoralari, ishbilarmon doiralar vakillari, Doxa akkreditasiyadan o‘tgan diplomatik korpus va OAV xodimlari qatnashdi.

Mehmonlar M7 san’at markazida joriy yilning 24 fevral kunidan beri namoyish etib kelinayotgan "O‘zbekiston hunarmandchiligi: tolalardagi an’ana" ko‘rgazma loyihasini tomosha qilishdi.

Mazkur ko‘rgazma O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil qilingan va u joriy yil 24 fevral kuni start berilgan Design Doha biyennalesi doirasida ochilgan edi.

O‘zbekiston muzeylari sara to‘plamlariga mansub 49 ta noyob hunarmandchilik mahsulotlari, qo‘l mehnati bilan to‘qilgan gilamlar, rang berish andozalari, ayniqsa, livanlik dizayner Nada Debs va o‘zbekistonlik mashhur usta Sirojiddin Rahmatullayevning mushtarak ijodi bo‘lmish an’anaviy ayvon supasining zamonaviy shakli ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Qatarning yetakchi kompaniyalaridan biri "Power International Holding" ijrochi direktori o‘rinbosari Moris Gattas O‘zbekistonning betakror madaniy merosi bilan yaqindan tanish ekanligini ta’kidladi.
"O‘zbekistonga ko‘p marta borganman. Toshkent, Samarqand, Buxoro shaharlarida O‘zbekistonning go‘zal va maftunkor qadamjolari, ulkan tarixiy boyliklaridan juda ta’sirlanganman. O‘zbekistonni yaxshi ko‘raman va u yerda biznes qilishdan baxtiyorman. O‘zbek xalqi juda ham mehmondo‘st, ochiq ko‘ngil, birdam, biz u yerda o‘zimizni uydagidek his qilamiz", - dedi u.
Tadbir ishtirokchilaridan yana biri "Fitco Detergent Factory" kompaniyasi asoschisi va raisi doktor Xolid Al-Buaynayn tashkil qilingan ko‘rgazma unda katta taassurot qoldirgani ta’kidladi.
"O‘zbekiston ko‘rgazmasidan juda ta’sirlandik. O‘zbekistonning uzoq tarixini eslatuvchi tabiiy ipak matolar, milliy andozada o‘yilgan naqshlar, qo‘l mehnati bilan to‘qilgan gilamlar, an’anaviy uy jihozlari, lavhlar va supalar biz arablarga g‘oyat qiziqarli. Bularning barchasi O‘zbekistonning boy merosi, o‘zbek me’morchiligi va qo‘l mehnatining noyob mahorati, davlatingizning insoniyat madaniyati, san’ati va umuman inson sivilizasiyasiga qo‘shgan hissasi katta ekanidan dalolat beradi", dedi Xolid Al-Buaynayn.
Yig‘ilganlar e’tiboriga, shuningdek, O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati, madaniy xilma-xilligi, tarixiy shaharlari va noyob merosi, milliy liboslari va taomlari haqida videofilmlar taqdim etildi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati