Bundesliga. “Bayer” yana ochko yo‘qotdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-10-2024, 21:27
Bundesliganing 6-turidan o‘rin olgan bahsda “Bayer” va “Xolshteyn Xil” o‘zaro durangga imzo chekdi (2:2).

4-daqiqadayoq mezbonlar hujumchisi Viktor Bonifase hisobni ochdi. 8-daqiqada yarim himoyachi Yonas Xofmann gol urdi - xuddi birinchi goldagidek, yarim himoyachi Palasios bunga assistentlik qildi.

Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 5-daqiqada himoyachi Maks Geshvill hisobni qisqartirdi. Ikkinchi bo‘limda esa Arp penaltidan gol urib, hisobni tenglashtirdi. 

Alonso jamoasi Bundesligada qatorasiga ikkinchi bor durang o‘ynadi. Bungacha “Bavariya” bilan durang (1:1) qayd etilgandi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati