APL. “Arsenal” va “Manchester Siti” irodali g‘alabaga erishdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-10-2024, 21:12
Angliya Premyer Ligasining 7-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 5 oktyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.“Manchester Siti” “Fulhem”ni qabul qildi. Uchrashuvning 26-daqiqasida Andres Pereyra hisobni ochdi. 32-daqiqada esa Mateo Kovachich hisobni tenglashtirdi.Ikkinchi bo‘lim boshida Kovachich dublni rasmiylashtirdi. 82-daqiqada Doku ham darvozani aniq nishonga oldi. 88-daqiqada esa Muniz hisobni qisqartirdi. Yakunda “shaharliklar” 3:2 hisobidagi g‘alabani nishonladi. “Arsenal” esa “Sauthempton”ni 3:1 hisobida taslim etdi. Londonliklar safida Kay Havers, Bukayo Saka va Gabriel Martinelli gol urgan bo‘lsa, mehmon jamoa tarkibida Archer o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.APL, 7-tur5 oktyabr, shanba“Manchester Siti” — “Fulhem” 3:2Gollar: 0:1 – 26 Pereyra, 1:1 – 32 Kovachich, 2:1 – 47 Kovachich, 3:1 – 82 Doku, 3:2 — 88 Muniz.“Manchester Siti”: Ederson, Gvardiol, Ruben Diash, Akanji (Uoker, 62), Lyuis, Kovachich, Grilish (Doku, 62), Gundogan, Foden (Stounz, 78), Bernardu Silva, Holand.“Fulhem”: Leno, Robinson, Ivobi (Nelson, 77), Bassi, Andersen, Tete (Kastan, 77), Traore, Lukich, Berge (Kerni, 65), Pereyra (Smit-Rou, 65), Ximenes (Rodrigo Muniz, 77).Ogohlantirish: Bassi (64).“Arsenal” — “Sauthempton” 3:1Gollar: 0:1 – 55 Archer, 1:1 – 58 Havers, 2:1 – 68 Martinelli, 3:1 — 88 Saka.“Arsenal”: Rayya, Kalafori, Gabriel, Saliba, Parti, Sterling (Martinelli, 60), Rays, Jorjinyo (Merino, 61), Saka, Gabriel Jezus (Trossard, 60), Havers.“Sauthempton”: Remsdeyl, Menning (Onuachu, 74), Sugavara, Uoker-Piters, Bednarek, Xarvud-Bellis, Fernandesh (Armstrong, 74), Dauns, Aribo, Dibling, Styuart (Archer, 27).Ogohlantirishlar: Uoker-Piters (23), Bednarek (34), Dibling (38).












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati