• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Rossiyaning ommabop jurnalida O‘zbekiston sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan maqola chop etildi

Rossiyaning ommabop jurnalida O‘zbekiston sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan maqola chop etildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 15:04
Rossiyaning "Industriya Yevrazii" jurnalida O‘zbekiston sayyohlik salohiyatga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda O‘zbekistonda turizm tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqidagi muhim ma’lumotlar qalamga olingan.

Qayd etilganidek, yilning turli mavsumida O‘zbekistonga sayohat qilish imkoniyatlari yaratilmoqda. Bahorda madaniy va gastronomik festivallardan zavqlanish mumkin.

"O‘zbekistonning Samarqand, Xiva kabi shaharlarida turizm infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deyiladi maqolada. – Xususan, Samarqand viloyatida 2023 yilda Rossiyadan 150 mingga yaqin sayyoh borgan. Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida parvozlar dasturlarini kengaytirgan yangi Samarqand aeroportining ishga tushirilishi ushbu qadim diyorga sayyohlar soni oshishiga xizmat qilmoqda".

Maqolada qayd etilganidek, mamlakatda Samarqandning boy tarixiy va madaniy merosini asrab-avaylash va ommalashtirish bo‘yicha faol ishlar amalga oshirilmoqda. YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan ushbu kent o‘zining mahobatli me’moriy yodgorliklari bilan mashhur va bugungi kunda shaharning zamonaviy turizm infratuzilmasi ham jadal rivojlanmoqda. Ta’kidlanishicha, Markaziy Osiyo mintaqasidagi yirik "Silk Road Samarkand" yangi sayyohlik Samarqand shuhratini oshirishga xizmat qilyapti.

Muallif, shuningdek, Xiva shahrida turizmni ommalashtirish va rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlarga ham to‘xtalib o‘tgan. "Xiva 2024 yilda islom dunyosining turizm poytaxti", deb e’lon qilindi, – deyiladi maqolada. – Mazkur yilda bir qancha yirik tadbirlar, jumladan, IHTga a’zo 57 davlat turizm vazirlari va turizm ma’muriyatlari rahbarlarining uchrashuvi, anjumanlar, seminarlar, fotoko‘rgazmalar va hokazolar o‘tkaziladi.
Jurnalda, shuningdek, Amir Temur tug‘ilgan go‘sha, YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan Shahrisabz shahri 2024 yilda Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti turizm poytaxti deb e’lon qilingani to‘g‘risidagi ma’lumotlar mushtariylar e’tiboriga havola qilingan.
"O‘zbekiston ziyorat turizmi yo‘nalishida ham salmoqli salohiyatga ega. Mamlakatda 1 ming 200 dan ortiq ziyoratgoh mavjud. Ular O‘zbekistonni madaniyatlararo chorrahaga aylantirdi. Bunday ziyoratgohlar har yili qo‘shimcha milliondan ortiq sayyohlarni jalb qilmoqda", – deb yozgan "Industriya Yevrazii".

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati