Eldor Shomurodov «Roma» bilan yangi shartnoma imzolaydi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-10-2024, 20:25
Italiyaning «Roma» klubi o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov bilan kelishuvni uzaytiradi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano «tvitter»dagi sahifasida xabar bermoqda.

Manbaning yozishicha, O‘zbekiston milliy jamoasi forvardi Rim klubi bilan 2027 yilgacha bo‘lgan yangi shartnoma imzolaydi.

«Tomonlar kelishuvga yaqin. Klub direktori Gisolfi shartnoma shartlari masalasida futbolchining vakillari bilan muzokara olib bormoqda», - deyiladi insayder Fabrisio Romanoning xabarida.

Ma’lumot uchun, Shomurodovning amaldagi shartnomasi 2026 yilga qadar davom etadi.

Avvalroq, Italiya nashrlari Eldorning Rim klubidagi yillik maoshi 2 million yevroni tashkil etishi haqida xabar berilgandi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati