Stoltenberg: Zelenskiy rus qotillaridan bunkerlarda yashiringan
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 0
- Формат: mp4
- Дата релиза: 05-10-2024, 18:48
Uning aytishicha, NATO Kiyevning qulashi mumkinligini taxmin qilgan, biroq bu yuz bermagan.
"Bu tangani tashlash kabi edi. Agar Kiyev qulaganda va ular Zelenskiyni qo‘lga kiritganda, bunga ular juda yaqin edilar, butun urush mutlaqo boshqacha kechgan bo‘lardi," - dedi Stoltenberg.
Uning aytishicha, Zelenskiy bosqin boshlanganidan so‘ng "bunkerlarda yashirinib, rossiyalik qotillardan qochib yurgan", shu sababli NATOning o‘sha paytdagi bosh kotibi u bilan ikki kun davomida gaplasha olmagan. Stoltenberg Ukraina prezidenti bilan keng ko‘lamli urush boshlanganidan keyingi dastlabki suhbatni "ancha qiyin" deb ta’rifladi. Stoltenbergning xotirlashicha, bu qisman Zelenskiyni tez orada "qo‘lga oladilar yoki o‘ldiradilar" degan xavotir edi.