Ibrohim Yo‘ldoshev: “Bu yil oson o‘yinlar bo‘lmaydi”

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 14:54
O‘zbekiston Superligasi 4-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Surxon”  jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv arafasida “lochinlar”ning 24 yoshli mahoratli himoyachisi Ibrohim Yo‘ldoshev bo‘lajak o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi."Superliganing joriy mavsum bahslari ancha qiziqarli tarzda kechmoqda. Bo‘lib o‘tgan bellashuvlar bu yil oson o‘yinlar bo‘lmasligini isbotlamoqda. Bo‘lajak bahs ham bundan mustasno bo‘lmaydi, albatta. Umuman olganda, “Navbahor”ga qarshi barcha jamoalar o‘zgacha ishtiyoqda maydonga tushadi. Garchi bu safargi raqib “Surxon” turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasidan joy olib turgan bo‘lsada, jamoamizga munosib qarshilik ko‘rsatishga intiladi, albatta. Avvalgi ikkita o‘yinda durang natija qayd etib, ochko yo‘qotdik. Shu bois, bo‘lajak uchrashuvda zafar quchib, muxlislarga quvonch ulashishga harakat qilamiz hamda buni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz. Ishqibozlardan esa jamoamizni bevosita stadionda munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab, g‘alabamizga madadkor bo‘lishlarini so‘rab qolaman. “Navbahor” joriy mavsumda o‘zi qatnashadigan barcha musobaqalarda zafar quchishni maqsad qilgan. Buni amalga oshirish uchun biz – futbolchilar qo‘ldan kelganicha harakat qilamiz", — dedi Yo‘ldoshev “Navbahor” PFK matbuot xizmatiga bergan intervyusida.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati