Ronalduning sobiq murabbiyi: Ronaldu o‘z orzusini ro‘yobga chiqarganidan faxrlanaman

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-10-2024, 17:46
Krishtianu Ronalduning bolalikdagi murabbiyi futbolchining xususiyatlari haqida gapirdi.Portugaliyalik hujumchi 1997 yilda "Sporting" akademiyasida o‘ynagan.

“U 12 yoshda edi, endigina Lissabonga kelgan va uyini sog‘inib yurardi. Men uni Madeyraga qaytish uchun Rojdestvo bayramlari uchun aeroportga olib borardim. Ronaldu qaytib kelmasligidan qo‘rqardim.

U allaqachon g‘alaba mentalitetiga ega edi va musobaqalashishni yaxshi ko‘rardi. Maydon tashqarisida u stol tennisi va bilyard o‘ynashni yoqtirardi.

Krishtianu doim o‘zini yaxshilash haqida o‘ylardi. U driblingni yaxshilash va tezlashtirish uchun to‘pig‘iga og‘ir yuklarni qo‘yib mashq qilardi.

Ronaldu orzusini ro‘yobga chiqarganidan faxrlanaman", dedi Krishtianu Ronalduning “Sporting”dagi birinchi murabbiyi Leonel Pontes.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati