Bloomberg: Arab davlatlari Yaqin Sharqdagi keskinlik tufayli «ikkinchi arab bahori»dan qo‘rqishmoqda
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 0
- Формат: mp4
- Дата релиза: 05-10-2024, 16:37
Qayd etilishicha, isroilning G‘azo va Livandagi harbiy harakatlari arab mamlakatlari aholisining noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Bundan tashqari, maqolaga ko‘ra, «ikkinchi arab bahori»ning sabablari «qashshoqlik, korrupsiya, ishsizlik, siyosiy taqiqlar va zulm» bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Arab bahori 2010 yillar boshida arab dunyosining katta qismini – Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikani qamrab olgan zolim hukumatlarga qarshi namoyishlar, qo‘zg‘olonlar va qurolli noroziliklar ko‘rinishida sodir bo‘lgan edi. Natijada Yaman, Misr va Tunisda inqiloblar sodir bo‘ldi, Liviya va Suriyada fuqarolar urushlari boshlandi, shuningdek, Iroq, Iordaniya, Jazoir, Bahrayn, Ummon va Marokashda ommaviy qo‘zg‘olonlar boshlangan edi.