• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • O‘zbekiston va Vengriya turizm sohasidagi hamkorlikni jadallashtirish istiqbollarini muhokama qilmoqda

O‘zbekiston va Vengriya turizm sohasidagi hamkorlikni jadallashtirish istiqbollarini muhokama qilmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 14:48
O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriya Sayyohlik agentligining Turizm diplomatiyasi departamenti boshlig‘i Marta Fazekash bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muzokaralar chog‘ida Vengriya tomoni ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik, xususan, turizm sohasidagi o‘sish sur’atlarini yuqori baholadi.

Marta Fazekash, shuningdek, so‘nggi olti-etti yil davomida turizm sohasida erishilgan yutuqlar o‘zgarishlar uchun eng muhim rag‘bat bo‘lganini ta’kidladi.

"Vengriyada O‘zbekistonda turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni kuzatib boryapmiz. Mamlakatingizga to‘rt marta bo‘lganman. Har safar borganimda o‘zim uchun yangi jihatlarni kashf etaman", dedi u.

Vengriya tomoni turizm sohasidagi hamkorlikni muhokama qilish uchun shu yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekiston delegasiyasini qabul qilishga tayyorligini bildirdi.

Muloqot yakunida O‘zbekistonga tashrif buyurishni xohlovchi vengriyalik sayyohlar sonini ko‘paytirishga yordam beradigan turizm sohasidagi qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati