Yurichning taqdiri tez orada hal bo‘lishi mumkin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-10-2024, 16:15
"Roma" rahbarlarining murabbiy Ivan Yurichga savollari bor.

49 yoshli mutaxassis klubni sentyabr oyi o‘rtalarida Daniele de Rossining iste’fosidan so‘ng qabul qilib olgandi.

Serbiyalik murabbiy qo‘l ostida jamoa barcha turnirlarda to‘rtta o‘yin o‘tkazib, ikkita g‘alabaga erishdi.

Yevropa ligasining so‘nggi o‘yinida “Roma” Shvesiyaning “Elfsborg” klubiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Corriere dello Sport xabariga ko‘ra, A Seriyaning navbatdagi turida 6 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan "Monsa" bilan o‘yin murabbiy uchun hal qiluvchi bo‘lishi mumkin.

Qayd etilishicha, qoniqarsiz natija bo‘lgan taqdirda Yurichning taqdiri salbiy tomonga ham hal bo‘lishi mumkin.
Jamoa ayni damda A Seriyada 6 o‘yindan so‘ng 9 ochko bilan to‘qqizinchi o‘rinda bormoqda.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati