Zalujniy yoshlar safarbarligiga qarshi chiqmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-10-2024, 16:12
Ukraina Qurolli kuchlarining sobiq bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy 18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan ukrainalik yoshlarning safarbar qilinishiga qarshi chiqdi. Harbiyning so‘zlarini Ukrainaning «Strana» nashri keltirmoqda.

«18-25 yoshlilar toifasini imkon qadar himoya qilish kerak. Nega men bosh qo‘mondon bo‘lganimda safarbarlikka 25 yoshgacha bo‘lganlar kiritilmasligi kerak, deb doim norozi bo‘lganman, chunki Ukraina bizga 20 yildan keyin ham, 30 yildan keyin ham kerak», — dedi u.

Biroq, Zalujniyning so‘zlariga ko‘ra, «o‘ta og‘ir holatlarda» yoshlarni Ukraina Qurolli Kuchlariga chaqirish kerak bo‘ladi.

Sentyabr oyi oxirida Ukrainada jismoniy imkoniyati cheklangan 18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan shaxslarni harbiy xizmatga chaqirish to‘xtatilgani xabar qilingan edi. Uning ta’kidlashicha, bu boradagi ko‘rsatma mamlakat harbiy komissiyalariga yuborilgan. Endilikda ushbu toifadagi fuqarolarga faqat yozma roziligi bilan murojaat qilish mumkin.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati