“Real” yosh futbolchisi bilan shartnomani uzaytiradi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-10-2024, 15:19
Madridning “Real” klubi 17 yoshli Joan Martines bilan shartnomani uzaytirdi.O‘yinchilarning jarohatlari tufayli Karlo Anchelotti yosh futbolchiga umid bog‘lagandi.

"Real Madrid" bosh murabbiyi uni UEFA Superkubogi uchun "Atalanta"ga qarshi o‘yin uchun tarkibga kiritmoqchi edi.

Ayni damda markaziy himoyachi chap tizzasidagi jarohatidan tuzalmoqda.

Qayd etilishicha, klub Martines uchun sharoitlarni yaxshilagan. Shartnoma, shuningdek, 50 million yevrodan ortiq summaga sotib olish variantini ham nazarda tutadi.

Futbolchi bilan yangi shartnoma allaqachon kelishib olingan, u 2025 yilning avgustida 18 yoshga to‘lishi bilanoq yangi bitim tuzishi mumkin.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati