Dzyudochimiz jahon chempionatining oltin medali uchun tatamiga chiqadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-10-2024, 13:41
Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining to‘rtinchi kungi saralash bahslari yakuniga yetib bormoqda.

Dunyoning 5 qit’asi 67 mamlakatidan jami 531 nafar dzyudochi qatnashayotgan mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ham to‘liq tarkibda ishtirok etyapti. Uch kunlik bellashuvlar yakuniga ko‘ra, 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 9-o‘rinni egallab turibmiz.

Bugun og‘ir vaznlarda g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi. O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi -100 vaznda kurashayotgan Muhammadsodiq Sodiqov final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. U germaniyalik Yannis Bashin, tojikistonlik Muhsin Malayev, ruminiyalik Rares Arseni, ozarbayjonlik Ajdar Bagirovni mag‘lubiyatga uchratib, finalga yo‘l oldi. Endi u kechki dasturda jahon chempionligi uchun yaponiyalik Nozomu Mikiga qarshi tatamiga chiqadi.

Afsuski, bugungi bellashuvlarda ishtirok etgan Shirinjon Yo‘ldosheva, Mohlaroyim To‘xtamisheva, Umida Nig‘matova va Fazliddin Rafiqov raqiblariga imkoniyatni boy berib, jahon chempionatidagi ishtiroklarini yakunlashdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati