Qimmatbaho toshlarni yurtimizga olib kirishda qo‘shilgan qiymat solig‘i bekor qilinadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 14:30
Ayni vaqtda zargarlik tarmog‘ini sanoatning asosiy drayverlaridan biriga aylantirish, zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va ularning savdosi bo‘yicha faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlarining xomashyoga bo‘lgan ehtiyojini qondirish zarurati yuzaga kelgan.

Shu bois, Soliq kodeksiga zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qimmatbaho toshlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha kiritilmoqda. Bu Senat yalpi majlisida muhokama qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunda nazarda tutilgan.

«Turizm to‘g‘risida»gi qonunga kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylari va dam olish zonalari majburiy sertifikatlashtirishdan ozod etilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish kiritilmoqda.

Senatorlar ma’qullagan qonun mahalliy zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarni xomashyo resurslari bilan ta’minlashga va ularning eksport salohiyatini oshirishga, shuningdek, turizmni rivojlantirishga va yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati