Jahon banki O‘zbekistonga 800 million dollar miqdorida imtiyozli kreditlar ajratadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-10-2024, 12:45
Jahon banki O‘zbekistondagi tarkibiy islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlash uchun 800 million dollar miqdorida imtiyozli kreditlar ajratishini ma’lum qildi.

«Ushbu islohotlar mamlakatning inklyuziv va barqaror bozor iqtisodiyotiga o‘tishini jadallashtirishga qaratilgan», — deyiladi tashkilot xabarida.

Jahon bankining mablag‘lari orqali quyidagi sohalardagi islohotlarda natijalarga erishish rejalashtirilgan:

1. Ijtimoiy himoya tizimi; 2. Gender zo‘ravonlikka qarshi kurash; 3. Fermerlarning qishloq xo‘jaligi yerlariga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlarini ta’minlash; 4. Ishbilarmonlik muhitini yaxshilash; 5. Davlat moliyalarini boshqarish; 6. Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish; 7. Suv resurslarini boshqarish; 8. Atrof-muhit va iqlimga ta’sirni baholash; 9. Iqlim o‘zgarishiga chidamlilikni oshirishga investisiyalar; 10. Temir yo‘l sektori; 11. Energetika sektori.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati