Jahon banki O‘zbekistonga 800 million dollar miqdorida imtiyozli kreditlar ajratadi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 1
- Формат: mp4
- Дата релиза: 05-10-2024, 12:45
«Ushbu islohotlar mamlakatning inklyuziv va barqaror bozor iqtisodiyotiga o‘tishini jadallashtirishga qaratilgan», — deyiladi tashkilot xabarida.
Jahon bankining mablag‘lari orqali quyidagi sohalardagi islohotlarda natijalarga erishish rejalashtirilgan:
1. Ijtimoiy himoya tizimi; 2. Gender zo‘ravonlikka qarshi kurash; 3. Fermerlarning qishloq xo‘jaligi yerlariga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlarini ta’minlash; 4. Ishbilarmonlik muhitini yaxshilash; 5. Davlat moliyalarini boshqarish; 6. Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish; 7. Suv resurslarini boshqarish; 8. Atrof-muhit va iqlimga ta’sirni baholash; 9. Iqlim o‘zgarishiga chidamlilikni oshirishga investisiyalar; 10. Temir yo‘l sektori; 11. Energetika sektori.