Xabi Alonso Bayer boshqaruvidagi 100-o‘yini haqida fikr bildirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-10-2024, 12:25
Xabi Alonso "Bayer" bosh murabbiyi sifatidagi 100-uchrashuvi oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.

"Ko‘p narsa sodir bo‘ldi, biz birga ko‘p narsalarni boshdan kechirdik. Jamoa va umuman klub hayratlanarli darajada rivojlanmoqda va men bu jarayonning bir qismi ekanligimdan faxrlanaman. Men ko‘p narsani o‘rgandim va ba’zida juda qiyin bo‘ldi. Ayniqsa, birinchi oylarni unutmayman.

Umid qilamanki, biz shanba kuni g‘alabani birga nishonlaymiz", - dedi Alonso.

Bugun Bundesliganing 6-turida "Bayer" o‘z maydonida "Xolshteyn Kil"ni qabul qiladi.

Ispaniyalik mutaxassis qo‘l ostida 99 uchrashuvda leverkuzenliklar 67 g‘alaba qozongan, 20 marta durang o‘ynagan va 12 marta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati