Buxoroda noqonuniy tamaki mahsulotlari kontrabandasiga chek qo‘yildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-10-2024, 12:08

Holat viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi va Milliy gvardiya tezkor vakillarining o‘zaro hamkorligida bartaraf etilgan.

Oldindan olingan ma’lumotlarga asoslangan holda harakatlangan xodimlar, G‘ijduvon tumanining «Sarmijon» yo‘l patrul xizmati maskanida «Namangan-G‘ijduvon» yo‘nalishida harakatlanib kelgan yuk avtotransport vositasini xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirishadi.

Natijada, xorijda ishlab chiqarilgan va tegishli aksiz markalari bilan markalanmagan 2 500 quti tamaki mahsulotlari va 50 ml sig‘imli 10 000 flakonda tibbiyotda qo‘llaniladigan spirt borligi tasdiqlandi.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari boshlab yuborilgan bo‘lib, spirt tovarlari tarkibini aniqlash maqsadida ekspertizadan ham o‘tkazilmoqda.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati