Nunyesning diskvalifikasiyasi vaqtinchalik to‘xtab turadi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-10-2024, 10:53
CAS Darvin Nunyesning Urugvay terma jamoasidagi diskvalifikasiyasini to‘xtatdi.

"Liverpul" hujumchisi Urugvay va Kolumbiya o‘rtasidagi Amerika kubogi yarim finalida yuz bergan voqealardan keyin KONMEBOL sanksiyalari doirasida besh o‘yinga diskvalifikasiya qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, Kolumbiyadan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (0:1) Urugvay terma jamoasining bir necha o‘yinchisi va xodimlari tribunada muxlislar bilan nizo keltirib chiqargandi.

Futbolchilar muxlislarga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik qo‘llashdi, keyinroq Darvin Nunyesning olomonga stul tashlamoqchi bo‘lgan video tasvirlari paydo bo‘ldi.

Urugvaylik jurnalist Rodrigo Romanoning yozishicha, CAS futbolchiga Urugvay terma jamoasining oktyabr oyidagi o‘yinlarida ishtirok etishga ruxsat bergan.

Marselo Byelsa shogirdlari JCH-2026 saralashi doirasida Peru va Ekvador terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
Ushbu chora vaqtinchalik hisoblanadi. CAS`da sud jarayoni hali ham davom etmoqda.
Sentyabr oyida Nunyes o‘zi kutgan beshta o‘yindan ikkitasini o‘tkazib yubordi - Paragvay va Venesuelaga qarshi o‘yinlarda ham golsiz durang qayd etilgan.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati