• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Yaponiyaning Seki shahrida O‘zbekistoning investisiyaviy va mehnat migrasiyasi sohasidagi salohiyati taqdim qilindi

Yaponiyaning Seki shahrida O‘zbekistoning investisiyaviy va mehnat migrasiyasi sohasidagi salohiyati taqdim qilindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 14:22
Mamlakatimiz elchixonasi tomonidan Yaponiyaning Gifu prefekturasining Seki shahrida O‘zbekistonning iqtisodiy, investisiyaviy salohiyati va mavjud ishchi kuchiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Seki shahri biznes vakillari uchun mamlakatimizning sarmoyaviy salohiyati, xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar, O‘zbekistonda biznes yuritishning afzalliklari, shuningdek, o‘zbek milliy mahsulotlarini uchinchi davlatlarga eksport qilish bo‘yicha imkoniyatlar haqida taqdimot o‘tkazildi.

Tadbir davomida tashqi mehnat migrasiyasi masalalariga e’tibor qaratildi. Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasida tashqi migrasiya sohasida texnik stajyor va maxsus malakali ishchilarni jalb etish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik memorandumlari imzolangani ta’kidlandi. Yurtimizdagi "Ishga marhamat" monomarkazlari bazasida "Yapon tili va kasbiy malaka test markazi" va "Yapon tili va maxsus malaka test markaz"lari faoliyati yo‘lga qo‘yilgani bildirildi.

Yig‘ilganlar bilan O‘zbekistonda aholining asosiy qismini mehnatga layoqatli yoshlar tashkil qilishini inobatga olgan holda, ularni Yaponiyada qonuniy ish joyi bilan ta’minlash masalalari xususida fikr almashildi. Diplomatlar Seki shahri kompaniyalari uchun qiziqish uyg‘otadigan tarmoqlardagi bo‘sh ish o‘rinlariga o‘zbekistonlik mutaxassislarni jalb qilish taklifini ilgari surishdi.

Yapon kompaniyalari vakillari yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha Gifu prefekturasida bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligini va O‘zbekistondan texnik stajyorlarni ishga joylashtirishga tayyorliklarini tasdiqladilar.

Seminar ishtirokchilari bo‘lgan Yaponiya vakillari, shuningdek, joriy yilning 2-3 may kunlari bo‘lib o‘tadigan III Toshkent xalqaro investisiya forumiga taklif etildilar.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati