Barselona Ferran Torresning kelajagi borasida bir qarorga keldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-10-2024, 09:01
Qanot hujumchisi Ferran Torres doimiy ravishda klubdan ketishi borasida xabarlar chiqadigan "Barselona" o‘yinchilaridan biridir.

Yaqinda matbuotda ispaniyalik futbolchining qishki transfer oynasida "Yuventus"ga o‘tishi mumkinligi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Diario Sport xabariga ko‘ra, Torresni yanvarda sotish juda dargumon, chunki "Barselona" mavsum davomida futbolchini yo‘qotishni istamaydi. Qolaversa, Ferranning o‘zi ham haligacha ketish niyatida emas.

Torres ushbu mavsumda Xans-Diter Flik shogirdlari safida to‘qqizta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, 24 yoshli futbolchining narxi 30 million yevroni tashkil qiladi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati