Bremer qachon maydonga qaytishi mumkinligi aytildi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-10-2024, 07:45
“Yuventus” markaziy himoyachisi Gleyson Bremer tizzasidan jarohat oldi. Braziliyalik futbolchi Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 2-turi doirasidagi "RB Leypsig"ga qarshi o‘yin boshida jarohati tufayli almashtirildi.

"Bunday jarohatdan keyin o‘rtacha tiklanish vaqti haqidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Bremer olti yarim oydan so‘ng mashg‘ulotlarga, yetti yarim oydan keyin maydonga qaytishi mumkin.

Uning avvalgi darajasiga qaytishiga kafolat bo‘lmaydi, biroq statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bunday vaziyatlarda futbolchilarning 90% dan ortig‘i o‘zining eng yaxshi formasiga qaytadi", - deya "Yuventus" sobiq shifokorining so‘zlarini keltiradi Calciomercato.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati