Pogba: Nihoyat, bu dahshatli tush tugadi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-10-2024, 07:42
"Yuventus" yarim himoyachisi Pol Pogba diskvalifikasiya muddati qisqartirilgani haqidagi xabardan keyin fikr bildirdi. O‘tgan mavsum boshida fransiyalik futbolchi doping-testdan o‘ta olmagan, buning uchun u 4 yilga futboldan chetlashtirilgandi.

Kecha yarim himoyachining apellyasiyasi qanoatlantirilgani ma’lum bo‘ldi. Sport arbitraj sudi diskvalifikasiyani 18 oyga qisqartirdi. Shu tariqa futbolchi keyingi yilning mart oyidayoq maydonga qaytishi mumkin bo‘ladi.

"Nihoyat, bu dahshatli tush tugadi. Endi men yana orzularimni amalga oshirishim mumkin bo‘lgan kunni intiqlik bilan kutaman. Men har doim bila turib qoidalarni buzmaganimni aytdim. Bu mening hayotimdagi juda qiyin vaqt edi, chunki men ko‘p mehnat qilgan hamma narsani bir chetga surib qo‘yish kerak edi. Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga rahmat", - deydi Pogba.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati