Sergey Lushchan: “Finalda kim birinchi gol ursa, o‘sha g‘alaba qozonishi mumkin”

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-10-2024, 07:08
O‘zbekiston Kubogi finali doirasidagi “Navbahor”— “Andijon” uchrashuvi oldidan Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida matbuot anjumani o‘tkazildi. Namanganliklar bosh murabbiyi Sergey Lushchan final haqida fikrlarini bildirdi.“Ikki tomon ham finalda g‘alaba qozonishni istaydi. Finalga puxta tayyorgarlik ko‘ra oldik. Bu klubga kelganimdan buyon e’tibor faqatgina kubok bahslariga qaratilgandi. Katta hajmdagi ishni bajardik, bunga chidagan futbolchilarga rahmat deyman. Ko‘rib turibsiz, finaldamiz. Finallar odatda topishmoqdek bo‘ladi. Kubokni ko‘tarish har bir futbolchining orzusi. Nima bo‘lishi esa faqat Xudoga ayon”, deydi Sergey Lushchan.Bosh murabbiy so‘nggi o‘yindagi mag‘lubiyat va tayyorgarlik haqidagi savolga javob berdi.“Siz Superliga bahsi haqida gapirdingiz. Bu finaldan avvalgi mashg‘ulot emasdi. “So‘g‘diyona” bilan o‘yinda bizda boshqa reja bor edi. Hozir esa bizning barcha e’tiborimiz finalga qaratilgan. Safimizda tajribali futbolchilar bor va ular O‘zbekistondagi eng yaxshilardan biri deb ayta olaman. Jamoadagi muhit – final oldidan bo‘lishi kerak bo‘lgan muhit. Barcha maydonda o‘z vazifasini bajarishi shart. O‘yinga tayyormiz”, dedi murabbiy.Bundan tashqari, murabbiy Sardor Rashidov va finalda jamoadan qanday o‘yin kutilayotgani haqida ham to‘xtaldi.“Sardor Rashidov jarohatidan tiklanib safga qaytdi va endi maydonga tusha olishiga ishonaman. Buni o‘zi istamoqda. Ko‘ramiz.Finalda ruhiyat muhim rol o‘ynaydi. Kim birinchi bo‘lib gol ursa, o‘sha jamoa g‘alaba qozonishini taxmin qilishim mumkin. Jamoalar bir-birini juda-juda yaxshi taniydiBu final murabbiylik faoliyatimdagi eng muhim o‘yinmi? Ayni damda – ha. Aytaylik, 2014 yilda shu savolga boshqacha javob bergan bo‘lardim, 2015 yilda ham boshqa o‘yinni aytardim. Finallar har doim yodda qoladi. Ertangi final – men va oilam uchun ham, “Navbahor”ga aloqador inson borki, ular uchun ham mavsumdagi eng muhim bahs”, deydi Namangan klubi bosh murabbiyi Sergey Lushchan.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati