Mareska: Chelsi atrofidagi shov-shuvlar meni qiziqtirmaydi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-10-2024, 06:50
"Chelsi" bosh murabbiyi Enso Mareska klubdagi vaziyat haqida gapirdi.

"Ko‘klar” italiyalik boshchiligida mavsumni ancha muvaffaqiyatli boshladi: jamoa hozirda 13 ochko bilan APL turnir jadvalida peshqadam “Liverpul”dan atigi ikki ochko ortda qolgan holda to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

"Albatta, hozir “Chelsi” atrofida shovqin kamroq bo‘lishiga natijalar yordam beradi. Lekin men nazorat qila oladigan yagona narsa bu futbol jihati.

Men klub atrofidagi shov-shuvlarga hech qanday ta’sir o‘tkaza olmayman", - deya Mareska so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.

Yakshanba kuni londonliklar o‘z maydonida "Nottingem Forest"ga qarshi bahs olib boradi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati