O‘zbekistonga nam va salqin havo oqimi kirib keladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-10-2024, 03:32
Dam olish kunlari respublika hududiga Kaspiy dengizi janubidan nam va nisbatan salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Hududning katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat markaziy va sharqiy hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarda kuchli bo‘lishi, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin.

6 oktyabrda respublikaning ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlariga tuman tushishi mumkin.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, respublika bo‘yicha 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Havo harorati kechalari 5 oktyabrda 12-17 darajani, 6 oktyabrda 10-15 darajani tashkil etadi, kunduz kunlari 20-25 darajagacha pasayishi kutilmoqda.

5-6 oktyabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati 5 oktyabrda kechasi 15-17 daraja, kunduzi 22-24 daraja, 6 oktyabrda kechasi 12-14 daraja, kunduzi 20-22 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati