Yuventus aprelda Kyeza bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 13:56
Turinning "Yuventus" klubi hujumchi Federiko Kteza bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar boshlashni rejalashtirmoqda. Jurnalist Daniel Longo xabariga ko‘ra, klub aprel oyida italiyalik agent Fali Ramadani bilan bog‘lanishni rejalashtirgan.

Manbaning qayd etishicha, "Yuventus" Kyezaning maoshini oshirish niyatida emas. Futbolchiga yillik maoshi 5 million yevro bo‘lgan yana bir shartnoma taklif qilinadi. Federiko bunday shartlarga rozi bo‘ladimi yoki yo‘qmi hozircha ma’lum emas.

Kyezaga Angliya premyer-ligasida talab katta ekani avvalroq xabar qilingandi. Italiya A Seriyasining ushbu mavsumida Federiko 26 o‘yinda 7 ta gol va 1 golli uzatmani amalga oshirdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati