Nobel mukofotiga Guterrishning nomzodi qo‘yildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-10-2024, 23:25
BMTning Falastin qochqinlar agentligi (UNRWA), Xalqaro sud va BMT rahbari Antoniu Guterrish bu yilgi tinchlik uchun Nobel mukofotiga nomzodlar qatorida. Bu haqda ekspert xulosalariga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Ammo qo‘mita mukofotni hech kimga bermaslik to‘g‘risida qaror qabul qilishi ham mumkin, bu 19 marta sodir bo‘lgan. Eng oxirgi marta bu kabi hodisa 1972 yilda bo‘lgan.

Nobel mukofotiga nomzodlar 50 yil davomida sir saqlanadi, ammo nomzodlar o‘z tanlovlarini oshkor qilishlari mumkin. Taniqli nomzodlar orasida BMTning qochqinlar bo‘yicha agentligi, Rim papasi Fransisk va britaniyalik tabiatshunos Devid Attenboro bor. Bu yil mukofotga jami 286 nafar nomzod ko‘rsatilgan.

O‘tgan yili mukofot qamoqdagi eronlik ayollar huquqlari faoli Nargis Muhammadiyga topshirilgan edi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati