Jizzaxda paxta zavodi direktori jarimaga tortildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 13:54
Jizzax viloyatining Mirzacho‘l shahrida ekologlar paxta tozalash zavodi direktorini sud orqali jarimaga tortishdi. Korxona havoni chang bilan ifloslantirdi, deb xabar beradi Podrobno.uz muxbiri.

Ma’lum qilinishicha, ekologiya boshqarmasi joriy yilning o‘tgan davrida korxonaga uch marta ogohlantirish xati yuborgan.

Paxta tozalash zavodi "Mirzacho‘l Agroklaster group"ga qarashli.

Davlat inspektorlari tomonidan hudud va inshootlarni tekshirishga ruxsat bermagani, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi ko‘rsatmalariga rioya qilmagani uchun korxona rahbariga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzildi. Hujjat jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tuman sudiga yuborilgan.

Sud qarori bilan korxona rahbariga asosiy hisoblangan summaning uch baravari — 1,02 million so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanildi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati