Maurisio Sarri: Juntoli Yuveni chempionlik rutbasiga qaytaradi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-10-2024, 23:24
- Afsuski, hatto futboldan tashqarida ham ko‘p chekaman, juda ko‘p. Yangi mavsum boshlanishi bilan futbolga qaytish istagim yanada kuchaydi...— Bu mart oyida «Lasio» rahbariyati tomonidan iste’foga chiqarilganidan buyon murabbiylik ishidan chetda yurgan italiyalik Maurisio Sarrining e’tirofi. 200 kundan ortiq futbolsiz yashash har qanday murabbiy uchun katta azob bo‘lsa kerak...

- Maurisio, yangi mavsum poyezdiga kechikdingiz. Qachon yangi jamoa boshqaruvini qo‘lga olishni rejalashtiryapsiz? Balki yanvar oyida qaytarsiz...

- Aslida yanvargachayoq qaytishdan umidvorman. Lekin hammasi umumiy vaziyat, takliflar va ichki motivasiyaga bog‘liq. Qisqasi, hozir adrenalinni kuchaytiradigan qo‘ng‘iroqlarni kutyapman.

- Xo‘sh, so‘nggi «raqs»ni qayerda ko‘rsatishni xohlardingiz?

- Bu haqda ortiqcha bosh qotirayotganim yo‘q. Faqat faol ish jarayoniga tezroq sho‘ng‘ishni istayman. O‘ylaymanki, futbolda hali qo‘limdan ko‘p narsa keladi. Ha, hozir asosan yosh murabbiylar bilan ishlash urfga aylandi. Ammo unutmaslik kerak, o‘tgan mavsum yevrokuboklarda fa-qat katta avlod vakillari kubok yutishdi: CHLda - Anchelotti, YEL - Gasperini va KL - Mendilibar. Qolaversa, ispanlarni Yevropa chempionatida g‘alaba sari yetaklagan de La Fuente ham bizning avlodga mansub.

- Ko‘zlaringizni yumingda ertami-kech yana qanday his-tuyg‘ularni boshdan kechirishni xohlayotganingizni ayting...
- «Boka Xuniors»ni boshqarish - men uchun oxirgi va aqldan ozdiruvchi orzu. Ammo buni amalga oshirish imkoni yuzaga kelish-kelmasligini bilmayman. Xullas, «bomboneralar» boshqaruvidagi bir nechta o‘yin avvalo, o‘zim uchun noyob tajriba bo‘lardi.
- «A» seriyada murabbiylar sexi deyarli butunlay yangilandi. Sizningcha, aynan qaysi mutaxassis o‘z jamoasiga kuchliroq ta’sir o‘tkazadi?
- Yangi murabbiylar endigina ish boshlashdi. Qolaversa, chempionatning transferlar oynasi ochiq vaqtda start olishi chindan ham, biroz g‘ayritabiiy holat. Bu haqda doim gapirganman, hozir ham shuni takrorlayapman. Keling, murabbiylarga baho berish uchun yana bir nechta o‘yin ko‘raylik. Deylik, Yurgen Klopp muayyan murabbiyga o‘z salohiyatini ko‘rsatishi uchun 2 yil ketishi haqida gapirgandi. Uning bu fikrida jon bor, albatta.
- Sakki va Kapello skudetto uchun kurashda «Inter»ni favorit o‘rnida ko‘rishlarini yashirishmadi. Bunga qo‘shilasizmi?

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati