Terens Krouford Konor Makgregorga qarshi jangdan bosh tortganligini aytib o‘tdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-10-2024, 23:05
WBA yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta vazn toifasi chempioni Terens Krouford Konor Makgregorga qarshi jang qilmasligini aytib o‘tdi.“Menga jang qilish taklifi tushgan edi. Konor bilan telefonda suhbatlashdim. Unga qarshi oktagonga ko‘tarilmasligimni aytishimga to‘g‘ri keldi. Chunki u meni yengib qo‘yadi.Konor bunga javoban anchagina pul ishlab olishimiz mumkinligini aytdi”, — deydi Terens.Eslatib o‘tamiz, Terens Krouford so‘nggi jangini 4 avgust kuni  Isroil Madrimovga qarshi o‘tkazgan edi. Jang amerikalik bokschining ochkolar hisobiga (115-113, 115-113, 116-112) ko‘ra g‘alabasi bilan yakunlangan edi. Makgregor esa o‘zining so‘nggi jangini 2021 yilning yozida o‘tkazib, amerikalik Dastin Poryega texnik nokaut bilan yutqazgandi. Ushbu jangda irlandiyalikning oyog‘i singan va shu sabab jangni davom ettira olmagan edi.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati