• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • O‘zbekiston Ijtimoiy himoya milliy agentligi delegasiyasi Birmingemdagi nufuzli xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etdi

O‘zbekiston Ijtimoiy himoya milliy agentligi delegasiyasi Birmingemdagi nufuzli xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 13:52
O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi delegasiyasi Birmingemda bo‘lib o‘tgan "Naidex – 2024" xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Naidex" yilda bir marta o‘tkaziladigan yirik yarmarka bo‘lib, nogironlar, ularga qarovchilar, mutaxassislar va korxonalar uchun innovasion yechimlarni o‘rganish, g‘oyalar bilan bo‘lishish hamda imkoniyati cheklanganlarning turmush tarzini rag‘batlantirishda asosiy muloqot platformasi hisoblanadi.

Joriy yarmarkada 300 dan ziyod korxona va tashkilotlar hamda 10 ming nafarga yaqin mehmonlar ishtirok etdi. Ko‘rgazma doirasida 100 ga yaqin ilmiy-amliy seminar va taqdimotlar o‘tkazildi.

Mamlakatmiz delegasiya a’zolari nogironlar hayotini yaxshilashga va yengillashtirishga qaratilgan keng turdagi mahsulotlar hamda xizmatlarni taqdim etuvchi ishlab chiqaruvchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdilar.

Muloqot davomida sohadagi so‘nggi o‘zgarishlar va rivojlanayotgan tendensiyalar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, "Triride", "TED Alert", "Ottobock", "Pride Mobility Products", "Motobility", "Ezi-Fold", "Cyberdyne", "Loopwheels", "Ridley" kabi yirik kompaniya vakillari bilan muzokaralar uyushtirildi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati