Angliyada raqibini tishlab olgan futbolchi 8 o‘yinga diskvalifikasiya qilindi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-10-2024, 22:45
Milutin Osmayich Chempionship o‘yinida Ouen Bekni tishlagani uchun jazolandi.

"Preston" hujumchisi "Blekbern"da ijarada o‘ynayotgan "Liverpul" himoyachisini tishlagani uchun sakkiz o‘yinga diskvalifikasiya qilindi va 15 ming funt jarimaga tortildi.

Hodisa 22 sentyabr kuni Chempionshipning 6-turi doirasidagi “Preston”ning “Blekbern”ga (0:0) qarshi o‘yinida yuz bergan. Ushbu epizodda hakam Osmayichga sariq kartochka ko‘rsatdi va o‘yindan so‘ng himoyachida katta tishlash izi borligi ma’lum bo‘ldi. Angliya futbol assosiasiyasi voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

Futbolchining jazolanishini e’lon qilar ekan, FA vakili shunday dedi: "Hujumchi taxminan 87-daqiqada raqibni tishlab zo‘ravonlik qilganini tan oldi".






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati