Rasman! Pogbaning diskvalifikasiya muddati qisqartirildi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-10-2024, 22:16
Fransiyaning “Yuventus” klubi yarim himoyachisi Pol Pogbaning diskvalifikasiya muddati qisqartirildi.

CAS (Halqaro arbtiraj sudi) 31 yoshli yarim himoyachining doping uchun diskvalifikasiyasini to‘rt yildan bir yarim yilgacha qisqartirdi. Ta’kidlanishicha, Pogba 2025 yilning yanvaridayoq "Yuventus" bilan mashg‘ulot o‘ta oladi va mart oyida unga rasmiy o‘yinlarda qatnashish uchun ruxsat beriladi.

Eslatib o‘tamiz, Pogba 2023 yil sentyabridan buyon maydonga tushmayapti, chunki uning tanasida doping borligi aniqlangan. Futbolchining Turinning “Yuventus” klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Olti turdan keyin “Yuventus” 12 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati