«Barsa» va «Nike» o‘rtasidagi yangi shartnoma detallari ochiqlandi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-10-2024, 21:58
«Barselona» «Nike» bilan yangi shartnomaga ko‘ra yiliga taxminan 140 million yevro oladi.

"Marca" xabariga ko‘ra, yaqin kunlarda tomonlar 10 yilga mo‘ljallangan yangi homiylik shartnomasi bo‘yicha kelishuvni yopishi kerak. Umumiy qoidalar allaqachon kelishib olingan, qolgani tafsilotlarga aniqlik kiritish va klub oladigan summalar qanday taqsimlanishini ko‘rish. Kelishuv bo‘yicha barcha muzokaralarni yakunlash muddati oktyabr oyiga belgilangan.

Yangi shartnomaga ko‘ra, «Nike» «Barselona»ga mavsum uchun 140 million yevro to‘laydi. Biroq, imzo qo‘yish uchun bonus sifatida qancha to‘lanishi aniqlanishi kerak. Taxminlarga ko‘ra, klub darhol 150 million yevro, keyin esa mavsum uchun 125 million bonus olishi mumkin.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati