• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Tehron Isroilning ehtimoliy zarbasi oldidan Moskvadan razvedka sohasida hamkorlik qilishni so‘radi

Tehron Isroilning ehtimoliy zarbasi oldidan Moskvadan razvedka sohasida hamkorlik qilishni so‘radi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-10-2024, 19:37
Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 364 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Xon Yunis, Dayr al-Balah va Nusayrat lageriga hujum qildi. Kun davomida 9 falastinlik halok bo‘ldi.

▪️Urush boshlanganidan buyon 41 788 kishi halok bo‘ldi, 96794 kishi jarohatlandi.

▪️Al-Qassam brigadalari Xon Yunisda bir qator pistirmalar uyushtirdi. Merkava tanklari va boshqa jihozlar portlatildi.

▪️Kecha tunda ishg‘olchi havo kuchlari G‘arbiy Sohilda Tulkarm lageridagi kafega hujum qildi. 21 kishi, jumladan, bolalar halok bo‘ldi.

▪️Isroil Rafiq Hariri aeroporti yaqinidagi Leylek turar-joy massivini deyarli butunlay vayron qildi. Bosqinchilarning 20 ta hujumidan 11 tasi Bayrutning janubiy mahallalariga uyushtirilgan.
▪️Kun davomida Hizbulloh Isroil harbiy ob’ektlariga qarshi 32 ta amaliyot o‘tkazdi. Hizbulloh bilan bo‘lgan janglarda 17 bosqinchi yo‘q qilindi. Hayfadagi Nasher bazasiga 20 ta raketa uchirildi.
▪️New York Times: Tehron Isroilning ehtimoliy zarbasi oldidan Moskvadan razvedka sohasida hamkorlik qilishni so‘radi.
▪️Bosqinchilar Suriya va Livan o‘rtasidagi Masnaa chegara punktini portlatib yubordi. Punkt hozirda yopiq. So‘nggi 2 hafta ichida Suriyaga 30 mingga yaqin qochqin o‘tdi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati