Liverpul Kloppning vorisi uchun 15 million yevro to‘laydi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 13:28
Lissabonning “Sporting” klubi bosh murabbiyi Ruben Amorim ispaniyalik Xabi Alonsoning transferi amalga oshmay qolganidan keyin “Liverpul” bosh murabbiyi lavozimini egallash uchun favorit hisoblanadi.

The Telegraph jurnalistlarining yozishicha, mersisaydliklar klubi rahbariyati mutaxassis transferi uchun 15 million yevro to‘lashga tayyor. Bunday tovon puli Amorimning "Sporting" bilan tuzilgan mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan.

Mavsum yakunida germaniyalik Yurgen Klopp “Liverpul” bosh murabbiyi lavozimini tark etadi. Angliya chempionatining 28-turidan so‘ng mersisaydliklar 64 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati