Sterling faoliyatini yakunlaganidan keyin murabbiy bo‘ladimi?

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-10-2024, 18:05
Angliyaning "Arsenal" klubi vingeri Rahim Sterling professional futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan keyin murabbiy bo‘lish yoki bo‘lmasligini bilmasligini aytdi. Sterling "Arsenal"da ijara asosida o‘ynaydi. Futbolchining huquqlari "Chelsi"ga tegishli.

"Murabbiy bo‘lish-bo‘lmasligimni bilmayman. Balki yosh futbolchilar bilan ishlashni boshlarman, kelajakda ularni nimalar kutayotganini bilishga yordam berishga harakat qilaman. Men odamlarga yordam berishni juda yaxshi ko‘raman. Lekin faoliyatim tugaganidan keyin nima qilishimni hozircha bilmayman. Bu kelajak masalasi", - dedi Sterling "Arsenal" rasmiy saytiga.

Sterling 29 yoshda. Angliyalik futbolchining professional faoliyatidagi birinchi klubi "Liverpul" bo‘lgan. 2015 yilda Rahim “Manchester Siti”ga o‘tgan, 2022 yildan esa “Chelsi”da o‘ynagan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati