Ronaldu oktyabr oyidagi Millatlar ligasi o‘yinlari uchun Portugaliya terma jamoasiga chaqirildi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-10-2024, 17:58
Roberto Martines boshchiligidagi Portugaliya terma jamoasi murabbiylar shtabi milliy terma jamoaning oktyabr oyidagi Millatlar ligasi o‘yinlari uchun qaydnomani e’lon qildi.

12 oktyabr kuni Portugaliya terma jamoasi mehmonda Polshaga qarshi bahs olib boradi, 15 oktyabr kuni esa Shotlandiya bilan safar o‘ynaydi.

Darvozabonlar: Diogu Koshta, Ruy Silva, Rikardu Velyu.

Himoyachilar: Ruben Diash, Antoniu Silva, Gonsalu Inasiu, Renatu Veyga, Joau Kanselu, Diogu Dalot, Nunu Mendesh, Nelson Semedu.

Yarim himoyachilar: Joau Palinya, Joau Nevesh, Samuel Koshta, Ruben Nevesh, Otaviu, Brunu Fernandesh, Vitinya.

Hujumchilar: Bernardu Silva, Fransishku Konseysau, Fransishku Trinkau, Joau Feliks, Rafael Leau, Diogu Jota, Pedru Netu, Krishtianu Ronaldu.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati