Gvardiola: Men shunchaki murabbiy emasman, Manchester Sitining bir qismiman

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-10-2024, 17:20
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola klubdagi faoliyati haqida fikr bildirdi.

"Men bu klubning bir qismiman va klubni himoya qilishning eng yaxshi yo‘li bu o‘yinlarda g‘alaba qozonish va eng yaxshi ishni qilishdir. Albatta, klubimni himoya qilaman. Men hammaga – xo‘jayinga, raisga, direktorga va bu yerda uzoq yillar ishlagan barchaga ishonaman. Ularni sizlardan ko‘ra yaxshiroq bilaman.

Sakkiz yoki to‘qqiz yil ichida har doim turli xil vaziyatlar sodir bo‘ladi. Biz shikoyat qilmaymiz, faqat ishimizni qilamiz. Men shunchaki murabbiy emasman - men bu klubning bir qismiman. Men bu klubni yaxshi ko‘raman va doim shunday bo‘lib qolaman", - dedi Gvardiola matbuot anjumanida.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati