Aleksandr Xomyakov: Avval kubokni yutib olaylik, keyin gonorarni gaplashamiz

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-10-2024, 17:15
Ertaga bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Kubogi finali oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida "Andijon" jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov ishtirok etdi.

"O‘yinga tayyormiz. Ertaga bizni jiddiy baxs kutib turibdi. Muhlislarimizni katta armiyasi bizni qo‘llash uchun kelyapti. Buni xis qilgan holda g‘aabaga xarakat qilamiz. Ikkinchi davrada bizda ayrim muammolar bo‘lgani rost, g‘alaba qozona olmadik. Lekin kubok boshqa daraja, bu o‘yin biz uchun juda muhim. Shu sababli muammolar bo‘ldi biz uni ustida ishladik. Yana bir bor aytaman ko‘plik uchun birinchi final, shuning uchun bizda kattaroq hissiyot, boshqacha kayfiyat mavjud. Muxlislarimiz uchun katta bayram uyushtirib bermoqchimiz. "Navbaxor"da bu bosqich bo‘yicha tajribasi bor. Ularda OCHL tajribasi bor, aytganimday bizda birinchisi, bizni o‘z rejalarimiz bor, umid qilaman biz bu rejalarni amalga oshiramiz. O‘yinga birgina Abdumannonov emas, 23 futbolchining barchasi tayyorlanayapti, barchasi sog‘ va ertangi o‘yinga tayyor. Barcha futbolchilar ertangi o‘yinni intizorlik bilan kutyapti. Farg‘onada o‘tgan mavsum uy o‘yinlarimizni o‘tkazganmiz, ammo bizni muxlislar barcha stadionlarda yonimizda bo‘lishadi. Qaytaraman ular uchun ertaga bayram uyushtirmoqchimiz. G‘alaba qozonsak keyin gononarni gaplashamiz. Hozirda vazifa kubokni yutish" - dedi Xomyakov.










Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati