Desham Mbappening terma jamoada yo‘qligi haqida gapirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-10-2024, 17:07
Hujumchi Kilian Mbappe Fransiya terma jamoasiga oktyabr oyidagi yig‘inga chaqirilmadi. Jamoa bosh murabbiyi Didye Desham bu borada fikr bildirdi.

“Men Kilian bilan vaziyat haqida gaplashdim, u chorshanba kuni zaxiradan maydonga tushganidan keyin ham vaziyat noaniq edi. Uning shanba kuni o‘yini bor. Kilianning muammosi jiddiy emas, ammo to‘g‘ri tiklanishi uchun davolanish kerak. Men bu yerga tavakkal qilish uchun kelganim yo‘q. Shuning uchun Kilian ro‘yxatda yo‘q", - dedi Desham jurnalistlarga.

Kilian Mbappe sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli “Atletiko”ga qarshi derbini o‘tkazib yuborgan, ammo keyin Chempionlar ligasida “Lill”ga qarshi o‘ynagandi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati