Gullit: Zirkze MYUga emas, Milanga o‘tishi kerak edi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-10-2024, 16:53
O‘tgan yozda Joshua Zirkze "Bolonya"ni "Milan"ga almashtirishi mumkin edi, ammo to‘lovlar tufayli transfer amalga oshmadi.

Natijada, 23 yoshli forvard "Manchester Yunayted"ga o‘tdi va u yerda 42,5 million yevroni oqlay olmayapti..

Futbol afsonasi Ruud Gullitning fikricha, Zirkzee "Milan"ga o‘tishni "tugatmay" xato qilgan.

"Zirkze "Manchester Yunayted"ga o‘tgandan ko‘ra "Milan"ga "ha" deb javob bergani ma’qulroq bo‘lardi. "Milan" kabi top-klubda A Seriyadagi bir necha mavsum uning kamolotga yetishi uchun juda foydali bo‘lardi.

Ammo hozir u juda ko‘p muammolarga duchor bo‘lgan muhitda va bu uning rivojlanishi uchun yaxshi emas", - dedi Gullit.

Joshua Zirkze joriy mavsumda "Manchester Yunayted" safida barcha turnirlar doirasidagi 9ta o‘yinda atigi bitta gol urdi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati