Slot: Top klubdagi ishning bir qismi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-10-2024, 16:34
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slott "Kristal Pelas"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan APL o‘yini haqida fikr bildirdi.

"Kristal Pelas" allaqachon katta jamoalarga qarshi kuchli o‘yin ko‘rsatishga qodir ekanini bilamiz. "Manchester Yunayted" va "Chelsi" bilan o‘yinlarda ijobiy natijalarga erishdi. Bu biz uchun muhim va qiyin o‘yin bo‘ladi. Chempionlar ligasi o‘yinidan so‘ng biz bir hafta tayyorgarlik ko‘rgan jamoaga qarshi shanba kuni soat 12:30da o‘yinni boshlaymiz.

Lekin bu top-klubda ishlashning bir qismi va biz tayyor bo‘lishimiz kerak. Endi turnir jadvalidagi bo‘shliqlarga qaramayman. Bir ochko, ikki ochko, uch ochko... Turdan keyin jadvalga qaragan ma’qul, ammo hozir qanday o‘ynashimiz haqida o‘ylayman", — dedi Slot matbuot anjumanida.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati