Slot: Jamoa sifatida biz har bir o‘yinchidan eng yaxshi natijani olish yo‘llarini topishimiz kerak

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-10-2024, 16:14
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot Darvin Nunyes va Diogo Jota o‘rtasidagi hujumdagi raqobat haqida fikr bildirdi.

"Jamoa sifatida biz har bir o‘yinchidan eng yaxshi natijani olish yo‘llarini topishimiz kerak. Biz Darvin va Diogoni joylashtirish uchun turli xil variantlarni topishga harakat qilmoqdamiz. Buni har bir murabbiy qilish kerak.

Nunyesda imkoniyatlar bo‘lsa, gol urishi mumkin. Lekin ba’zida uni gol urishi mumkin bo‘lgan holatga keltira olmaymiz. "Bolonya" bilan o‘yinda hatto Jota ham ko‘p imkoniyatga ega bo‘lmadi. Hujumchilarimizni gol urishi mumkin bo‘lgan joylarga olib kirishimiz uchun bunga e’tibor qaratishimiz kerak", - dedi Slot.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati