Rossiyada o‘zbek va tojik diasporasi rahbarlari qo‘lga olindi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 1
- Формат: mp4
- Дата релиза: 04-10-2024, 16:01
Polisiyaning aniqlik kiritishicha, O‘zbekiston milliy markazi raisi va "tojik diasporasi raisi o‘rinbosari" hibsga olingan. Sudlanuvchilardan biriga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi, ikkinchisiga esa muayyan harakatlarni taqiqlash tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar oyidan boshlab ular qo‘shimcha ta’lim markazi bilan birgalikda xorijiy fuqarolarga pul mukofoti evaziga rus tilini bilish, Rossiya tarixi va qonunchiligi asoslarini bilish to‘g‘risidagi soxta sertifikatlarni keyinchalik IIV migrasiya organlariga taqdim etish uchun berishgan. Har bir bunday sertifikat uchun jinoyatchilar taxminan 8 ming rubl olishgan, ularning umumiy tushumi 1,5 million rubldan ortiqni tashkil etgan.
Diaspora rahbarlarining idorasi va yashash manzillarida tintuv o‘tkazilganda, kompyuterlar, flesh-kartalar, 1,7 million rubl va bank kartalari olib qo‘yilgan. Tergov qo‘mitasi tergovchilari tomonidan «tijoriy poraxo‘rlik» va «noqonuniy migrasiyani tashkil etish» moddalari bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.